Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda prezidentlik saylovning rasmiy natijalari haqida ma’lumot berildi

Qozog‘iston markaziy saylov komissiyasi a’zosi Lazzat Sulaymon navbatdan tashqari saylovlarning natijalarini e’lon qildi deb yozmoqda Zakon.kz nashri.

Unga ko‘ra, rasmiy natijalar quyidagicha: Jambil Axmetbekovda 167 649 yoki 1,82 foiz ovoz, Daniya Yespayevada 465 714 yoki 5,05 foiz, Amirjan Kosanovda 1 495 491 yoki 16,23 foiz, Toleutay Rahimbekov – 280 451 yohud 3,04 foiz ovoz, Amangeldi Taspixovda 182 898 yoki 1,98 foiz ovoz, Qosim-Jomart Tokayevda 6 539 715 yoki 70,96 foiz, Sadibek Tugelda 84 582 yoki 0,92 foiz ovoz.

Shunday qilib, Qosim-Jomart Tokayev saylovlarda mutloq ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozondi.