Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Safdor Ro‘ziyev va kichik serjant Raufovga teng raqib topilmadi

Samarqand shahrida sambo, jangovar sambo, karate-do bo‘yicha to‘rt kun davom etgan O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi.

Respublikamizdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa sport klublari sportchilari ishtirok etgan mazkur musobaqalarda viloyat ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, sambo hamda jangovar sambo bo‘yicha ushbu otryad xodimi, katta serjant Bekzod Ahmedov 100+ vazn bo‘yicha bellashib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Safdor Furqat Ro‘ziyev 82 kilogramm vaznda respublikada tengsiz deb topildi.

Sportning karate-do turi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda kichik serjant Fariz Raufovga teng raqib topilmadi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.