Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida yangi chiqindi poligoni qurilishi mumkin

Samarqand shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi hamkorligida “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi tomonidan “Qattiq maishiy chiqindilar boshqaruvini modernizatsiya qilish loyihasi” amalga oshirilayotganiga 1 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlash joizki, Fransiya taraqqiyot agentligi ko‘magida Samarqand shahrining sanitar holatini yaxshilash uchun 80 ta zamonaviy chiqindi yig‘ish mashinalari “Maroqand obod” DUKga topshirilgandi.

Tadbirda ushbu texnik imkoniyatlar shaharning tozaligi borasida ijobiy samaralar berayotgani hamda yevropalik tajribali konsultantlar yordami bilan loyihaning navbatdagi muhim bosqichi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, shaharning chiqindi boshqaruvi tizimini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ekologiya va sanitariya qoidalariga javob beradigan yangi chiqindi poligoni faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.