Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaydi

Viloyatimizdagi davlat soliq idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida viloyat davlat soliq idoralariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 905 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning barchasi qonun doirasida o‘rganib chiqilgan.
Aytish joizki, soliq to‘lovchilarning murojaatlarini qabul qilishda interaktiv xizmatlar imkoniyatlaridan ham samarali foydalanilmoqda. Xususan, tadbirkorlik sub’yektlariga qulaylik yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining “my.soliq.uz” saytida elektron soliq xizmatlari portali tashkil qilingan bo‘lib, ushbu portal orqali o‘tgan 9 oy davomida viloyat davlat soliq idoralariga tadbirkorlik sub’yektlaridan 19 123 ta murojaat bo‘lgan.
E’tiboringiz uchun, murojaatlarning javobsiz qoldirilmasligi, koronavirus pandemiyasi davrida fuqarolarning sarson bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan, murojaatida ko‘tarilgan masalalarni imkon qadar qisqa muddatda hal etib, o‘z vaqtida javob qaytarilishi Davlat soliq qo‘mitasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyatining alohida nazoratiga olingan. Shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida soliq idoralarida tashkil etilgan “Ishonch telefoni”, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari tomonidan joylarda o‘tkaziladigan sayyor qabullar hamda uning shaxsiy telegram messenjeri orqali ham murojaatlar qabul qilinmoqda.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.