Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandlik jurnalistlar uchun data-jurnalistika bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

Samarqand shahrida YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekistonda zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan tashkil etilgan data-jurnalistika bo‘yicha trening o‘z ishini boshladi.

“O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilish imkoniyatlarini oshirish” loyihasi doirasida samarqandlik OAV vakillari uchun o‘tkazilayotgan 3 kunlik treningda jurnalist va blogerlarga ma’lumotlarni yig‘ish, saralash va tahlil qilish, gipoteza yaratish, axborotlarni vizualizatsiya qilish va multimediya ma’lumotlarni yaratish borasida tushunchalar berilmoqda.

N.JONTO‘RAYEVA.