Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senatning navbatdagi majlisi sanasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati axborot xizmati Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisining ochilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisi 2019 yil 11 oktyabr kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 9.00 dan 18.00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosi foyesida ro‘yxatga olinadi.