Senat yalpi majlisida Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) saylandi
- 28.10.2023 12:11
- 80
- Siyosat
Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylash to‘g‘risidagi masalasi ko‘rib chiqildi.
Senat tomonidan Rahmonova Surayyo Mahmudovnani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, S.Rahmonova uzoq yillar mobaynida yuridik oliy ta’lim tashkilotlarida, shuningdek, sud va prokuratura organlari tizimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Yubiley to‘ylari kerakmi?
- Kecha, 16:14
- Jamiyat
Saratonga davo topishni maqsad qilgan qiz
- Kecha, 16:07
- Samarqand