11 noyabr sanasi ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga kiritilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyaci yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi  bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha mamlakatimiz kasaba uyushmalari o‘z saflarida 5,5 milliondan ziyod xodimlarni birlashtirgan eng yirik jamoat tashkiloti hisoblanadi. Uning a’zolari soni doimiy tarzda ko‘payib bormoqda. Shu bois, har yili 11 noyabr ‒ O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni respublikamizning barcha ishchi-xodimlari tomonidan muhim sana sifatida keng nishonlanadi.

Lekin amaldagi qonunlarda 11 noyabr sanasi ishlanmaydigan bayram kuni sifatida e’tirof etilmagan. Shuningdek, bayram tadbirlarini o‘tkazishni tashkil etish hamda xodimlarni rag‘batlantirish choralarini ko‘rish mexanizmlari belgilanmagan.

Mazkur qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga 11 noyabrni ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga qo‘shishga qaratilgan qo‘shimcha kiritilmoqda.

Fraksiya a’zolari yig‘ilishda ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini ta’minlash tizimini yanada kuchaytirishga xizmat qililishini e’tiborga olib, uni qo‘llab-quvvatlagan. Shu tarzda qonun bilan, Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha kiritiladi. Hozirda bu moddada 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari sanab o‘tilgan va qo‘shimcha kiritilgan ular soni 100 taga yetadi. 

 Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 11 noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yo‘llab, 11 noyabrni mehnatkashlar bayrami, umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e’lon qilishni taklif qilgandi.