Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shahzoda Markaziy Osiyoning eng mashhur yulduzi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Qozog‘iston poytaxtida Nur-Sultan Music Awards uchinchi xalqaro musiqiy festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda myday.uz nashri xabar berdi.

«Baris-Arena» muz saroyida bo‘lib o‘tgan festivalda Svetlana Loboda, Lolita, Grigoriy Leps, Dima Bilan kabi bir qator jahon yulduzlari ishtirok etdi.

Xushovoz xonanda Shahzoda Nur-Sultan Music Awards xalqaro musiqiy festivalida taqdirlandi. U Markaziy Osiyoning eng mashhur yulduzi nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.