Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shumaxer 6 yillik komadan so‘ng o‘ziga keldi

«Formula-1»ning 7 karra chempioni, germaniyalik Mixail Shumaxer Parijdagi Jorj Pompidu nomidagi klinikada koma (og‘ir behushlik holati)dan chiqqani ma’lum qilindi.

50 yoshli poygachi shifoxonaning yurak-tomir jarrohligi bo‘limiga, taniqli professor, kardiojarroh Filipp Menashening qabuliga yetkazilgani haqida xabar qilingandi. Shifokor unga asos hujayralar kiritishdan foydalangan holda davolash ishlarini olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda M.Shumaxer Alp tog‘laridagi Meribel kurortida tog‘ chang‘isida uchayotganda yiqilib, bosh miyasidan qattiq jarohat olgan edi. Grenobldagi shifoxonada komaga tushgan poygachi bir necha marta jarrohlik amaliyotlarini boshidan o‘tkazdi. 2018 yil oxiriga kelib poygachi o‘ziga kela boshlagani, uni mustaqil ravishda nafas olayotgani sababli sun’iy qurilmadan ajratilgani ma’lum qilingandi.

Shumaxerning butunlay tuzalib ketishidan umid uzmagan yaqinlari uning davolanishi uchun juda ko‘p miqdorda mablag‘ sarfladi.