Sizga notarial to‘lovlar haqida SMS keladi

«Huquqiy axborot» telegram kanalida yozilishicha, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilgan o‘zgartirishlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq endilikda notarial harakat uchun to‘lovlar, notarial harakatni tasdiqlash kodi hamda Adliya vazirligining “Ishonch telefoni” (1008 raqami) “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali fuqaroning telefoniga SMS shaklida yuboriladi.