Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tarvuzni qaysi paytda iste’mol qilgan ma’qul?

Tarvuzning tarkibida glyukoza, fruktoza va saxaroza ko‘rinishida to‘planadigan 12 foizgacha yengil o‘zlashtiriladigan qandlar mavjud. Shuningdek, unda C, B1, B2, A, foliy kislotasi, pektin moddalari, karotinoidlar, kaliy tuzlari, temir, magniy va kalsiy moddalari, aminokislotalar ham bor. 

Sharq tibbiyotida

Tarvuz qadimdan dori vositasi sifatida qo‘llanilgan.Olim va tabib Mahammad A’zamxonning “Buyuk ummon” asarida tarvuzni yilning issiq davrida paydo bo‘ladigan kuydiruvchi bezgakda foydalanish haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Tarvuzni jigar kasalliklarida, qon quyulib qolishida va organizmdan shlaklarni chiqarishda qo‘llashgan. O‘rta asrlarda arablar “agar tarvuz muntazam ravishda ovqatdan oldin tanovul qilinsa, badanni tozalash va undagi kasalliklarni olib chiqish” xususiyatiga ega bo‘lishi haqida gapirishgan. Qadimgi hind tabiblari sanskrit yozma manbalarida tarvuz butun organizmni yumshatishi va peshob haydovchi vosita sifatida yaxshi ekanini ta’kidlashadi.

Tarvuzning sutkalik me’yori qancha?

Turli ilmiy manbalarga qaraganda, organizmda suyuqliklarni ushlab turmasdan kechadigan buyrak toshi, sistit, nefrit va piyelonefrit kasalliklarida sutkasiga 2,5 kg gacha tarvuz tanovul qilish tavsiya etiladi. Tarvuz buyraklar va peshob yo‘llarini achishtirmaydi.

Diabetda tarvuz iste’moli

Shifobaxsh ozuqa sifatida kamqonlikda qo‘llaniladi, tarkibidagi fruktoza esa qonda qand moddasi ko‘p bo‘lganida ham organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, shu bois uni qandli diabetda ham tanovul qilish mumkin.

Tarvuz xarid qilayotganda e’tiborli bo‘ling!

Aytish joizki, poliz ekinlarini yetishtirishda unga beriladigan ortiqcha azotli o‘g‘itlar tarvuzlarning ozuqaviylik va shifobaxsh xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Savdoga chiqariladigan tarvuzlar sanitariya-epidemiologiya xizmatlari tomonidan kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi. Shuning uchun poliz mahsulotlarini xarid qilayotganda sotuvchilardan tegishli sertifikat bor-yo‘qligini so‘rash maqsadga muvofiq.

Uni xarid qilishda nimalarga e’tibor berishni hamma ham bilmasligi mumkin.