Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tovarlarning narxlari chet el valyutalariga bog‘lanishi mumkin

📋 Qonun (O‘RQ–669-son, 22.01.2021 yil) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar berdi.

💰 “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Prezident qarorlari asosida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar va Hukumat orqali jalb etilgan chet el investitsiyalari loyihalari bo‘yicha O‘zbekistonda realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari chet el valyutalariga va shartli birliklarga bog‘lanishi mumkin.

Ilgari mazkur tartib mavjud emas edi.

✅ Konsessiyalar bilan bog‘liq munosabatlar “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi.

➡️ Konsessiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

❕ Endilikda faqatgina qiymati 1 million dollardan ortiq loyihalarning tender hujjatlari va davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning loyihalari kelishiladi.

☑️ Kiritilgan qo‘shimchalar bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari belgilandi.

🔎 Davlat-xususiy sheriklik loyihalariga oid ma’lumotlarning e’lon qilinadigan qismi aniqlashtirildi.

🔰 Xususan, bunda quyidagi ma’lumotlar rasmiy veb-saytlarga joylashtiriladi:

▫️ loyiha taraflarining nomi;

▫️ loyihaning faoliyat yo‘nalishi;

▫️ loyihaning joylashgan yeri;

▫️ loyihani amalga oshirish muddati;

▫️ iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning;

▫️ loyihaning umumiy qiymati;

▫️ davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi va turlari.