«Narxlarni oshirish taqiqlanadi! Bugundan. Ertadan emas!»: Lukashenko Belarusda narxlarni oshirishga taqiq joriy etdi

Aleksandr Lukashenko zudlik bilan Belarusda narxlarni oshirishni taqiqlashni buyurdi. Bu haqda u kecha, 6 oktyabr kuni hukumatning iqtisodiy bloki bilan uchrashuvda aytdi.

“6 oktyabrdan har qanday narxlarni oshirish taqiqlanadi. Taqiqlanadi! Bugundan. Ertadan emas, narxlar bir kechada ko‘tarilmasligi uchun, bugundan! Va kimdir buxgalteriya bo‘yicha o‘tgan sana bilan, qandaydir hisob-kitob, qayta hisob-kitoblar qilishidan Xudo saqlasin.

Lukashenko o‘z qarorini narxlar “shiftga tegib ketgani” bilan izohladi va ritorik savol berdi: To‘liq tovuq go‘shti 2 rubl, yarmi esa 5 rubl turadi, gap nimada? Nima sodir bo‘ldi? Nega tovarning narxi 2-3 barobar oshdi? Siz uni yarimga bo‘lganingiz uchunmi?

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, shu yilning sakkiz oyi davomida Belarusda inflyasiya 13,8 foizni tashkil yetgan. Umuman olganda, yil davomida hukumat 19 foiz darajasiga yetishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, Belarus hukumati 2022 yilda narxlar o‘sishini 6 foiz darajasida ushlab turishga umid qilgan edi. 2021 yil inflyasiyasi esa 9,97 foizni tashkil etdi.