Mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika... Belarus bilan hamkorlikdagi yo‘nalishlar belgilab olindi
O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha “Agroekspress” loyihasini ishga tushirish, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston va Belarus yetakchilari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘ziro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etdilar.
Mamlakatlarimiz hududlarining salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda ikkinchi Hududlararo forumni o‘tkazishni taklif etdi.
Tomonlar madaniy-gumanitar yo‘nalishda, birinchi navbatda ta’lim va kinematografiya sohalaridagi hamkorlik faol rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
ShHT sammitida raqamli transformatsiya va “yashil” energetika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratiladi