Putin Belarus hududida taktik yadro qurollarini joylashtirmoqchi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylashtirish niyati borligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenko anchadan beri bunga intilib kelgan va nihoyat shunday kelishuvga erishilgan. Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, Moskva allaqachon Minskka yadroviy raketalarni uchirishga qodir bo‘lgan, shuningdek, o‘nta harbiy samolyotni taktik quroldan foydalanishga yordam beruvchi “Iskandar” majmualarini uzatgan.

Putin bu bayonotni Buyuk Britaniyaning Ukraina qurolli kuchlariga boyitilmagan uranli-zirhli snaryadlar yetkazib berish haqidagi va’dalari bilan bog‘ladi. Moskva buni iflos bomba tahdidi va yadroviy qarama-qarshilik sari qadam sifatida baholadi. London esa uran yadrolari bo‘lgan snaryadlarning yadro quroliga aloqasi yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Hafta boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy yetakchisi Si Szinpin boshqa davlatlar hududlarida yadro qurolini joylashtirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlab, qurollanish poygasidan voz kechishga chaqirgan edi.