Yil boshidan valyuta savdosi bo‘yicha 245 ta qonunbuzarlik qayd etilgan
- 03.08.2022 11:13
- 22
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan bu haqda ma’lumot berildi.
Aytilishicha, joriy yilning o‘tgan davrida bu borada 245 ta qonunbuzarlik holati aniqlanib, natijasiga ko‘ra, 167 ta jinoiy hamda 78 ta ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atilgan.
Huquqbuzarlardan davlat foydasiga 433,2 ming AQSh dollari, 1,1 mln. Rossiya rubli, 702,2 ming qozoq tengesi va 1,2 mlrd. so‘m ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Qalbaki pul yasash va o‘tkazish bilan bog‘liq 23 ta jinoyat fosh etilib, 135 mln. so‘mlik hamda 53,2 ming dollarlik qalbaki banknotlarni erkin muomalaga kiritilishi oldi olingan.
Qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlarni qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq 8 ta jinoyat fosh etilib, huquqbuzarlardan 730,2 mln. so‘mlik 4,6 kg. qimmatbaho metallar va tabiiy qimmatbaho toshlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aholi manfaatlarini himoya qilish - bosh maqsadimiz
- 26 daqiqa avval
- Samarqand
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!