Xorijiy valyutada olingan kreditlar so‘mimizga o‘tkazilganda kompensatsiya beriladi

“Tadbirkorlik sub’yektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq yukini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, banklardan xorijiy valyutada olingan kreditlar milliy valyutaga o‘tkazilganda amaldagi kompensatsiya taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlarning ekvivalenti 1 million AQSh dollaridan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan kreditlarning asosiy stavkadan oshadigan, lekin 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi.

2021 yil 1 noyabrdan O‘zbekiston nomidan chet el valyutasida tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilingan kreditlar (qarzlar) loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki ular jalb qilingan muddatga qayta kreditlanadi.