Samarqandda yil boshidan banklar foydasiga 1 trln. so‘mdan ortiq qarzdorliklar undirilgan.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvidagi tijorat banklari foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 705 mlrd. 768 mln. so‘mlik 14 mingdan ortiq ijro hujjatlaridan 11 mingdan ortig‘ini ijrosi tamomlanib, 1 trln. 60 mlrd. so‘m qarzdorlik undirilgan.
Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 357 ta 291 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, ushbu mol-mulklarni undiruvga qaratish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda byuroning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori Shaxram Amonullayev xabar bermoqda.
Qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 6 075 nafar qarzdorlarning 123 mlrd. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.
Misol uchun, Olib borilgan ijro harakatlari davomida Samarqand shahar iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan javobgarlar “B.D” va “S.T.S” MChJdan, da’vogar “Biznesni rivojlantirish bank” ATB foydasiga 14.000.000.000 (1.245.289,19 AQSh dollari) so‘m kredit qarzi undirilgan.