MIB: Samarqandda qarzdorning dorixona binosi auksionga chiqarilgach, 1,2 mrd. so‘mlik qarzini to‘ladi
![](https://static.zarnews.uz/crop/5/6/720__80_56e4a9d8f463635360aa755d51ecde33.jpeg?img=self&v=1739119292)
Samarqand shahar iqtisodiy sudining 2024 yil 11 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor "I.X.B" MChJdan undiruvchi "Ipotekabank" foydasiga 1 mllliard 231 million 346,2 ming so‘m kredit qarzdorligi va davlat foydasiga 24 milloin 659,4 so‘m davlat boji undirish belgilangan.
MIBning viloyat boshqarmasi sho‘’ba inspektori Sardor Shakarovning bildirishicha, boshqarma tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida kreditning ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan dorixona binosi xatlangan.
Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda kredit qarzdorligini to‘lamaganligi sababli "S.M.T" MChJga tegishli taraflar tomonidan 2 milliard 142 million so‘mga baholangan Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasidajoylashgan dorixona binosi "Mol-mulkni elektron onlayn-auksionda sotish uchun chiqarish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan sotuvga chiqarilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor tomonidan 1 millirad 231 million 346 ming 283 so‘m qarzdorligini va ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun qo‘shimcha hisoblangan 24 million 626 ming 925 so‘m ijro yig‘imi va 24 million 659 ming 469 so‘m davlat bojini to‘liq to‘lab bergan.