Fuqaro avtomashinasini MIB xodimlari olib ketishiga ishonmagan edi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan qarzdor S.I.dan undiruvchi “B.K” MChJ foydasiga qarz undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limiga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan hamda qarzdorning ko‘chmas mol-mulki va avtomashinasiga taqiq o‘rnatilgan va qidiruv e’lon qilingan.
Qarzdorlik to‘liq qoplanmaganligi sababli, qarzdor S.I.ga nisbatan Qonuning 82-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Joriy yilning 16-dekabr kuni qarzdor S.I.ning yashash manziliga mol-mulklarini ko‘zdan kechirilganda, qidiruvda bo‘lgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi borligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qarzdorga to‘lov qilinmasa auksion savdolariga chiqarilishi haqida ogohlantirib, transport vositasini jarima maydonchasiga olib ketish chog‘ida MIB mashinani olib ketishiga ishonmaganligini bildirib 1.609.992 so‘m asosiy qarzdorlik, 80.499 ming ijro yig‘imi hamda 1.500.000 so‘m jarimani to‘lab bergan.