Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uch egizakni dunyoga keltirgan vaqt ahvoli og‘irlashgan ona haqida ma’lumot berildi

Kecha, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida uch egizakni dunyoga keltirgan onaning tug‘ruq jarayonida qon tomirlari yorilgani, shuning uchun qonni to‘xtatib bo‘lmayotgani va doimiy qon quyib turish zururligi haqida xabarlar tarqaldi.

Bu ayolning holati haqida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan homilador ayol Ozoda Maniyozova 2020 yil 14 yanvar kuni soat 02.00 da og‘ir holatda Andijon viloyati Perinatal markaziga shoshilinch yotqizilgan.

16 yanvarda esa u kesarcha kesish yo‘li orqali 3 nafar - 2 o‘g‘il, 1 qiz farzand ko‘rdi.

Hozirda egizak chaqaloqlar reanimatsiya bo‘limida malakali shifokorlar nazoratiga olingan.

Ayolning o‘zi reanimatsiya bo‘limida og‘ir holatda, belgilangan tartibda davo muolajalarini olmoqda.