Janubiy afrikalik ayol 10 nafar farzandni dunyoga keltirib, “Ginnesning rekordlar kitobi”ni yangiladi

Janubiy Afrikaning Gauteng shahrida yashovchi ayol 10 nafar farzandni dunyoga keltirdi va bu o‘tgan oy Marokashda to‘qqiz nafar farzandni dunyoga keltirgan Malian Xalime Sisse egalik qilgan Ginnes rekordini yangiladi. Bu haqda mahalliy IOL nashri xabar bermoqda.

Tekshiruv davomida shifokorlar sakkiz nafar chaqaloqni aniqlagan edi, ammo 37 yoshli Gosiama Tamara Sitole kesereva orqali yetti nafar o‘g‘il va uch qizni dunyoga keltirdi.

"Men homiladorligimdan hayratdaman. Avvaliga bu juda qiyin kechdi, og‘riqlardan azob chekdim. Hozir ham qiyin, lekin men ko‘nikib qolganman. Xudodan barcha bolalarimga salomatlik va umr tilayman», dedi Sitola mahalliy jurnalistlarga.

Bolalarining otasi Tobogo Sotesi dastlab bo‘lgan voqeaga ishonolmadi.

" Men baxtiyorman, chunki ko‘p odamlar farzandga muhtoj. O‘zimni Xudoning tanlangan bandasidek his qildim. Bu men qadrlayotgan bir mo‘’jizadir", dedi u.

Bolalar keyingi bir necha oy inkubatorda bo‘lishadi.