Rossiyaliklarning yarmi farzand ko‘rishni istamaydi
- 08.12.2021 09:42
- 170
- Xorij
18 yoshdan 46 yoshgacha bo‘lgan 46 foiz rossiyaliklar farzand ko‘rishni umuman istashmaydi. Faqat 42 foizigina qachonlardir bolali bo‘lish niyati borligini bildirdi, deb yozadi "Mir novostey" haftanomasi.
Rossiya moliyaviy tadqiqotlar milliy agentligi mamlakatning 58 hududida ana shunday ko‘lamda so‘rov o‘tkazdi.
Ko‘pchilik yosh odamlar uchun bola ko‘rishni istamasligiga sabab pul ekan. Ularning aytishicha, mamlakatda kambag‘al oilalar zo‘rg‘a kun kechirayotgani tufayli farzand ko‘rish va ularni boqishga qurblari yetmas ekan.
RFA prognoziga ko‘ra, Rossiya aholisi 2036 yilga borib 12 million kishiga qisqarishi mumkin.
T.Shomurodov tayyorladi.