Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgut tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Axatov Foziljon Olimjonovich - 1985 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan.

2007 yilda Samarqand davlat universiteti tarix fakultetini, 2011 yilda Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakultetini, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

U faoliyati davomida 2007-2008 yillarda Urgut shahar SamDU qoshidagi 3-son akademik litseyining tarix fani o‘qituvchisi, 2008-2010 yillarda akademik litsey direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2010-2014 yillarda Urgut tibbiyot kolleji direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2016 yildan bugungi kunga qadar Urgut tumani hokimligi tashkiliy nazorat-guruhi rahbari lavozimlarida ishlagan.

Urgut tumani hokimining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavomiga tayinlandi.