Viloyat bandlik bosh boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Isroil Ismoilovich Jabborov viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.Jabborov shu paytgacha Urgut tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Uning o‘rniga tuman hokimining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimida ishlagan Javlon Haydarov tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29 sentyabrda Muzaffar Hoshimov boshqa ishga o‘tgandan buyon viloyat bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimi vakant bo‘lib kelayotgandi.