Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi komissiya a’zolarini bilasizmi?

Joriy yil 22 dekabr kuni parlament va xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashiga 60 ta okrugda saylovlarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun viloyat saylov komissiyasi tuzilgan.

Quyida komissiya tarkibi bilan tanishing:

Nuriyev Salohiddin Samadovich

Komissiya raisi, viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘i

Yuldashev Rustam Daniyarovich

Komissiya raisi o‘rinbosari,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat bo‘limi boshlig‘i

Buriboyev Azizbek Baxronovich

Komissiyasi kotibi

Komissiya a’zolari:

Jangirov Ozod Janikulovich

viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-ma’naviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari ta’lim bo‘limi boshlig‘i

Baxramov Adxam Abdullayevich

viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Abdiyev Sharof Azamovich

viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Fayziyev Rozik Majidovich

Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Nasriyeva Sojida Baxriyevna

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi oilalarni mustahkamlash, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha bosh mutaxassisi

Ulug‘murodov Elyor Saydullayevich

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari

Alimova Mashhura Toirxonovna

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori

Yusupova Shahlo Raimovna

Samarqand shahar 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

Amonova Dildora Kosimovna

Samarqand shahar 33-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi

Xo‘jamberdiyev Dilmurod Erkinovich

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Raxmanova Raxima Rashidovna

"Sog‘lom avlod uchun" hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat mintaqaviy filiali direktori

Yusupov Otabek Yakubovich

Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti dekani vazifasini vaqtincha bajaruvchi