Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xalqaro Qur’on musobaqasida o‘zbekistonlik qori kuchli o‘ntalikdan joy oldi

Avgust oyida Chechenistonda Shalida yirik masjidning ochilishi va Xalqaro Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 25 davlatdan hofizi Qur’onlar ishtirok etdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Yo‘ldosh qori Nuriddinov himoya qildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rin sohibiga 100 ming AQSh dollari, ikkinchi o‘ringa 50 ming AQSh dollari, uchinchi o‘ringa esa 25 ming AQSh dollari miqdorida mukofot pullari topshirildi.

1-o‘rin: Liviya

Ishtirokchi – Abdurrahmon al-Bashir Solim.

Rivoyat: imom Qolunning imom Nofe’dan rivoyati.

Ball: 100

2-o‘rin: Yaman

Ishtirokchi – Abdulmajid Mujohid Aliy as-Samoviy.

Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoyati.

Ball: 99.97

3-o‘rin: Suriya

Ishtirokchi - Ahmad Muhammad Umar.

Rivoyat: imom Hafsning imom Osimdan rivoti.

Ball: 99.90

O‘zbekistonlik qori Nuriddinov Yo‘ldoshbek imom Hafsning imom Osimdan rivoyati asosida tilovat qilib, 100 baldan 98.37 ball to‘pladi. Bu esa uni 7-o‘rinni egallashiga zamin yaratdi. Bu haqda Toshkent islom instituti axborot xizmati xabar berdi.