Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda 14 nafar shifokorga “Qurbon bo‘lgan qahramon” mukofoti taqdim etildi

Xitoyning Xubey viloyati ma’muriyati koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda qahramonlarcha halok bo‘lgan 14 nafar shifokorni “Qurbon bo‘lgan qahramon” mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda payshanba kuni Xitoy markaziy televideniyasida xabar qilindi.

Mazkur ro‘yxatda yangi turdagi kasallik haqida birinchilardan bo‘lib ogohlantirishga harakat qilgan Li Venlyan ham mavjud.

Shuningdek, “Qurbon bo‘lgan qahramon” mukofotiga Van Bin, Fen Syaolin, Szyan Syuesin, Lyu Chjimin, Chjan Kanmey, Syao Szyun, U Yun, Lyu Fan, Sya Sisi, Xuan Venszyun, Mey Chjunmin, Pen Inxua, Lyao Szyanszyunlar loyiq ko‘rildi.

“Ular o‘zining xavfsizligiga e’tibor qilmasdan, qat’iyat va fidokorlik ko‘rsatdi. O‘zlarining asosiy vazifasi bo‘lmish, xalqqa xizmat  qilish yo‘lida o‘z hayotlarini qurbon qildilar”, deyilgan viloyat hukumati bayonotida.

“Qurbon bo‘lgan qahramon” - Kompartiya va mamlakat tomonidan o‘z hayotini davlat xizmatiga safarbar qilgan fuqarolar taqdirlanadigan eng yuqori darajali faxriy mukofot hisoblanadi.