Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yangi tayinlov amalga oshirildi

Samarqand viloyati hokimining 2020 yil 18 martdagi qaroriga muvofiq Turdialiyeva Taxmina Husanovna viloyat hokimining arxitektura va qurilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Taxmina Turdialiyeva Toshkent arxitektura-qurilish institutida, Xitoyning “Wuhan University of Technology” hamda “Huazhong University of Science and Technology” oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan. “Yacademy” yosh arxitektorlar akademiyasida malaka oshirgan.

Mazkur tayinlovga qadar T.Turdialiyeva Xitoyning “Cube design” xalqaro arxitektura firmasida arxitektor sifatida faoliyat olib borgan.