“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” uchun ariza topshirish bo‘yicha qaysi viloyat yetakchi?

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” respublika tanloviga 27 mart soat 15:45 holatiga ko‘ra, 17 ming 403 nafar o‘qituvchi ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan. Viloyatimiz o‘qituvchilari nega eng yaxshi o‘qituvchi sifatida e’tirof etilishni istamayapti? Uzedu.uz saytining xabar berishicha, eng kam ariza samarqandlik o‘qituvchilardan tushgan?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kesimida tushgan arizalar soni quyidagicha:
1. Farg‘ona viloyati 3252 ta;
2. Namangan viloyati 2369 ta;
3. Toshkent shahri 1980 ta;
4. Toshkent viloyati 1970 ta;
5. Navoiy viloyati 1753 ta;
6. Surxondaryo viloyati 1553 ta;
7. Qashqadaryo viloyati 1009 ta;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 832 ta;
9. Buxoro viloyati 671 ta;
10. Xorazm viloyati 646 ta;
11. Sirdaryo viloyati 425 ta;
12. Jizzax viloyati 353 ta;
13. Andijon viloyati 311 ta;
14. Samarqand viloyati 279 ta.