AQSh JSSTga muqobil tashkilot tuzishi mumkin
- 07.05.2020 16:27
- 53
- Xorij

Vashingtonning fikriga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasining oldini ololmadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Fox Business telekanali bilan bo‘lgan jonli efirda fikr bildirdi.
Pompeoning ta’kidlashicha, ayni vaqtda AQSh hukumati JSSTga nisbatan kelgusidagi rejalarni tuzib chiqmoqda. “Prezident bizning oldimizga aniq maqsadni qo‘ydi: JSST yana bir bor omadsizlikka uchrashiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Agar JSST o‘z vazifalarini bajara olmasa, uning hisobiga yuz million dollarlab mablag‘ o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik zarur”.
AQSh davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, AQSh sog‘liqni saqlash borasida yetakchilikni saqlab qolish imkonini topa oladi. Vashington tibbiyot sohasidagi xalqaro aloqalarni qanday qilib olib borishni biladi va shu sababdan ham sog‘liqni saqlash borasidagi o‘zining yangi tashkilotini tuzishga tayyor.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo