"O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!"

Markaziy okrug qo‘shinlarida o‘tash uchun Samarqand garnizoniga kelgan muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qabul qildi.
Tantanali tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi viloyat hududiy bo‘linmasi raisi Z.Saidova, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, faxriylar, davlat va jamoatchilik vakillari hamda askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.
Har bir askarga Prezident sovg‘asi — O‘zbekiston tarixi va Temur tuzuklari kitoblari berildi.
Askarlarning orasida qisqa fursat ichida jismonan va ma’naviy tayyorgarligi yuqori bo‘lgan va barchaga namuna bo‘lib kelgan askarlarning ota-onalariga Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining tashakkurnomasi topshirildi.
Harbiy orkestr jamoalari, xushovoz xonandalarning konsert dasturi, viloyat drama teatri ijodkorlarining sahna ko‘rinishlari, harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi va faxriy qorovulning ko‘rgazmali chiqishlari yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdi.