Pensiya to‘g‘risidagi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
- 24.10.2019 10:01
- 633
- Iqtisodiyot

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lumot berilgan.
Qarorga muvofiq fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning 10 ga yaqin qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:
— 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
— 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.
Hozirga qadar faqat Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo