AQSh hukumati Gonkongga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini tasdiqladi
- 03.07.2020 22:49
- 78
- Xorij

AQSh vakillar palatasi Gonkongga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishini tasdiqladi. Yangi sanksiyalar muholifatchilarni hibsga olgan politsiyachilar, XXR vakillari bilan hamkorlik qilayotgan banklar, milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunni yoqlagan amaldorlar kabilarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu haqda Rossiya markaziy telekanallari xabar bermoqda.
Huquqni himoya qilish tashkilotlarining fikriga ko‘ra, Gonkongda joriy etilgan yangi qonun Xitoy hukumatiga Gonkongdagi “boshqacha” fikrlovchi fuqarolarni uzoq yillarga qamash imkonini beradi.
Bunga javoban AQSh Gonkongning dunyo savdo markaziga aylanishiga yordam bergan “alohida statusini” bekor qilishga kirishdi. AQSh endilikda avtonom hudud bo‘lgan Gonkongga nisbatan munosabatini o‘zgartirib, unga ham Xitoyga qilingani kabi munosabatda bo‘lish bilan tahdid qilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 22 daqiqa avval
- Maslahat
MikroGESlar aholining energiyaga bo‘lgan talabini qondiradi
- 29 daqiqa avval
- Samarqand
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 40 daqiqa avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 41 daqiqa avval
- Mutolaa