Dunyo xaritasi turli mamlakatlarda turlicha ko‘rinishga ega(mi?)
Ha, turli mamlakatlardagi dunyo xaritasi har xil ko‘rinishga ega ekan. Afrika, Amerika, Avstraliya va Yevropa qit’alardagi maktab o‘quvchilari geografiyani sayyoradagi "qo‘shnilari"ga qaraganda butunlay boshqacha o‘rganishadi. Dunyo xaritasi aslida qanday ko‘rinishga ega va turli tasvirlarda ma’lumotlar qanchalik «buzib» ko‘rsatilgan?

Yevropa va Afrikadagi jahon xaritasi
Yevropa dunyo xaritasi, xuddi Afrikada bo‘lgani kabi, Yevroosiyo materigining o‘rta qismida joylashgan. Bu xaritaning o‘rtasida Yevropa joylashtirilgan, vertikal tiq chiziq London bo‘ylab o‘tadi, Antarktida esa kesilgan shaklda tasvirlangan.

Misol uchun, postsovet hududidagi dunyo xaritasi, xususan, Ukraina, Rossiya, Belarus va ilgari SSSR tarkibiga kirgan boshqa mamlakatlarning ko‘rinishi boshqacha. Markazda Afrika va Yevroosiyo, vertikal chiziq esa Moskva bo‘ylab o‘tadi, Shimoliy va Janubiy Amerika chapda, Alyaska va Kanada yuqori o‘ngda, Avstraliya va Antarktida esa pastdajoylashgan.
Amerika darsliklarida dunyo xaritasi qanday ko‘rsatilgan?
AQShda dunyo xaritasi qanday ko‘rinishga ega ekanligini kam odam ko‘rgan, lekin agar siz uni yaxshilab kuzatsangiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari xarita markazida joylashtirilganligi, Avstraliyaning o‘lchami buzib ko‘rsatilganligi sababli davlat aslidagisidan ancha kichik qilib ko‘rinishi, Grenlandiya esa aksincha, juda katta ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

Kanada va Chilidagi bolalar ham AQShdagi maktab o‘quvchilari bilan bir xil tasvirni ko‘rishadi.
Avstraliyada dunyo xaritasi qanday ko‘rinishga ega?
Avstraliyaliklarning dunyo xaritasi boshqa qit’alardagi odamlarni hayratda qoldiradi. Ular uni teskari qilib qo‘yishgan va bu haqiqat. Antarktida tepada turadi, Rossiya Kanada kabi ulkan, Amerika bu ikki davlat bilan solishtirganda juda kichkina ko‘rinadi va bundan tashqari, ikkiga bo‘lingan, xarita markazi Avstraliya yoki Tinch okeanida joylashgan.

Shunday bo‘lsa-da, Avstraliyada doimiy yashovchiodamlar bunday xarita faqat esdalik sifatida yaratilganini aytishadi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.