Energetika vazirligi: Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik benzin hajmi ikki barobar oshiriladi
- 10.12.2024 09:32
- 41
- O‘zbekiston

Vazirlik xabariga ko‘ra, sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi gaz “zapravka”lar faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan benzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshiriladi.
Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylashtirilayotgan benzin hajmini yanada oshirish imkoniyati mavjudligi ma’lum qilinadi.
Iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, joriy kuz-qish mavsumida mamlakat aholisini benzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz ta’minlash yuzasidan barcha zaruriy choralar ko‘rilgan.
Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Кибр ила исроф — камбағалликкелтиради
- Kecha, 16:07
- Mutolaa
Mutolaa: Xaloskor
- 29/03, 21:04
- O'qing, qiziq!
Ramazon hayiti – ezgulik va birdamlik bayrami
- 29/03, 15:32
- Jamiyat