Андроид қурилмалар учун Zarnews.uz мобил иловаси. Юклаб олиш x

Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha korxona va tashkilot rahbarlari diqqatiga!

SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

2023/2024 oʻquv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ishga taqsimlashga kirishganligini ma'lum qiladi.

 Joriy yilda institutni tamomlayotgan bitiruvchilarga turli korxona va tashkilotlardan 250 ga yaqin buyurtmalar kelib tushgan. Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda Respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida institut tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Institutni tamomlayotgan kadrlarga ehtiyoji mavjud korxona rahbarlari talabnoma va soʻrov xati bilan 2024 yil 14 maygacha institut rektoratiga murojaat etishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari(pochta manzili, telefon) hamda taklif etilayotgan lavozim toʻgʻrisidagi ma'lumotlar toʻliq koʻrsatilishi lozim.

Shuningdek, mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona va tashkilotlarni bitiruvchilar bilan bevosita suhbat oʻtkazish, ishga tanlab olish va shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2024 yil 14 may kuni institutda oʻtkazilayotgan “Karyera kunlari” mehnat yarmarkasi tadbirlariga taklif etamiz.

Bitiruvchilar toʻgʻrisidagi batafsil ma'lumot bilan institut veb-sayti(https://sies.uz) da “Bitiruvchilar” boʻlimida tanishish mumkin.

Sizning e'tiboringizga yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi ma'lumotlarni ilova qilamiz.

2023/2024 OʻQUV YILIDA BITIRUVCHI BAKALAVRLAR TOʻGʻRISIDA MA'LUMOT

2023/2024 OʻQUV YILIDA BITIRUVCHI MAGISTRLAR TOʻGʻRISIDA  MA'LUMOT

Ma'lumotlar uchun telefon: +998 (66) 231-12-53  SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

 Manzilimiz: Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy,    e-mail: sies_info@edu.uz