Pandemiya tarqalishining oldini olishda teplovizorlardan foydalanilmoqda
- 29.03.2020 10:35
- 156
- Samarqand

Ha, Covid-19 pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida qo‘llanilayotgan chora-tadbirlardan biri teplovizorlardan foydalanishdir.
Shu maqsadda bugungi kunda Samarqand shahri, Past Darg‘om, Bulung‘ur kabi tumanlarda ushbu qurilmadan samarali foydalanilmoqda. Yaqinda Toyloq tumaniga ham teplovizorlar keltirildi. Endilikda tuman hokimligi binosiga kiruvchilarning isitmasi ana shu qurilma asosida masofadan turib o‘lchanadi. Issig‘i yuqori bo‘lgan hokimlik xodimlari yoki fuqarolar binoga kiritilmaydi.
Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazidan xabar berishlaricha, xuddi shunday tartib tuman tibbiyot birlashmasi, IIB, prokuratura, SEOM kabi fuqarolar ko‘p keladigan tashkilotlarga ham o‘rnatilgan.
Ayni damda tumanimizda 11 ta teplovizor keltirilgan bo‘lib, keyinchalik ularning sonini ko‘paytirish ko‘zda tutilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Oyoqqa turib olay..."
- 1 soat avval
- Mutolaa
JSST yangi epidemiya haqida ogohlantirdi
- Bugun, 14:35
- Salomatlik