Restoranlar faoliyatiga ruxsat berilishini talab qilayotgan namoyishchilar Ukraina hukumati binosi oldiga to‘plandi
- 03.06.2020 20:10
- 43
- Xorij

Norozilik aksiyasi ishtirokchilari - Ukraina restoranlar uyushmasi vakillari hukumatdan restoranlar faoliyatiga ruxsat berilishini talab qilmoqda. Bu haqda “Leviy bereg” nashri xabar berdi.
“Ukraina restoranlar uyushmasi seshanba kuni restoranlar faoliyatiga ruxsat berilishini talab qilib, mamlakat hukumati binosi oldida norozilik namoyishi tashkil etdi. Namoyishchilar o‘zlari bilan uy-ro‘zg‘or buyumlari va “Restoranlarga borish vaqti keldi”, “Biz metro va yo‘lovchi tashish transportlaridan xavfsizroqmiz” kabi yozuvlar yozilgan plakatlar olib chiqishdi”, deb yozmoqda nashr.
“Suspilne” (“Jamiyat”) nashri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, namoyishda 200 nafarga yaqin odam ishtirok etgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tganidan so‘ng namoyishchilar oldiga hukumat vakili chiqib, ular bilan suhbatlashgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Eng muhim 20 ga yaqin xizmat turi bir joyda
- 43 daqiqa avval
- O‘zbekiston
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 19/04, 16:06
- Maslahat