Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi aniqlandi
- 28.03.2022 10:31
- 79
- Jinoyat va jazo

Sifatsiz dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlari salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi shubhasiz. Turli sharoitlarda va belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagan holda tayyorlangan sifatsiz dori vositalari shifo o‘rniga kasallikni yanada kuchaytirib yuborishi mumkin.
Aniqlanishicha, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro “T.E.” 434 quti “Vobenzim-E” dori vositalarini xorijdan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy ravishda olib kirib, Samarqand shahrida yashovchi mahalliy fuqaroga sotmoqchi bo‘lgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda fuqaro “T.E.” 12.200 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ular - hunarmand, tadbirkor, lider
- Hozirgina
- Jamiyat
"El-yurt umidi"dan yoshlarning umidi katta
- 2 soat avval
- Ta’lim
Vasiliy Bartold: Bir olim, bir shahar, bir tarix
- 2 soat avval
- Mutolaa
Buyuk Ipak yo‘li haqida nimalarni bilasiz?
- 3 soat avval
- Samarqand