16 ming dollardan ortiq mablag‘ga dori vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro N.Yu. dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan “COVID-19” infeksiyasini davolashda keng qo‘llaniladigan “Remdesivir” nomli dori vositasini har birini 350 ming so‘mdan sotishga kelishib, jami 500 donasini 16 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.