Samarqandda koronavirusga qarshi dorilarni noqonuniy sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolar X.E. va T.X. pandemiya sharoitida talab yuqori bo‘lgan “IVIREM Remdesevir 100 mg” nomli dori vositasining har bir donasini 56 AQSh dollaridan hisoblab, jami 200 donasini 11 200 AQSh dollariga sotgan vaqtida, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.