SMSlarni tarqatib yubormaslik evaziga 14 million so‘m talab qilgan tovlamachi ayolga jinoyat ishi ochildi
- 18.04.2021 13:13
- 190
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 15 aprel kuni Past Darg‘om tumanida yashovchi Xayrulla ismli shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Umida ismli tanishi Bahora ismli ayol bilan bilan yozishgan SMSlarini qo‘lga kiritib, ushbu yozuvlarni turmush o‘rtog‘iga berishini aytib qo‘rqitib, ma’lumotlarni tarqatib yubormaslik evaziga 14 million so‘m pullarni talab qilayotganligini ma’lum qiladi va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shu kunning o‘zida Past Darg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbirda Umida kelishilgan pullardan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Go‘shtning narxi tushdimi?
- 1 soat avval
- Iqtisodiyot
Afrosiyob shaxmati
- 2 soat avval
- Mutolaa
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat