Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaatingiz bormi?
- 30.03.2019 19:10
 - 118
 - Salomatlik
 
                                                                        Joriy yilning 1-2 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlar mutasaddi xodimlari ishtirokida Samarqand va Toyloq tumanlarida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul 1 aprel kuni Samarqand tumani Yangijoy mahallasidagi tuman tibbiyot birlashmasining ko‘p tarmoqli terapiya majmuasida (Yog‘och bozori yonida), 2 aprel kuni Toyloq tumani 29-sonli musiqa va san’at maktabi binosida soat 9:00 dan boshlanadi.