Sudandagi hududda oziq-ovqat zaxiralari tugamoqda, o‘nlab odamlar ochlikdan vafot etgan

Sudan armiyasi va tezkor harakat qo‘shinlari (qurolli muxolifat) isyonchilari ikki yildan ortiq vaqtdan beri kurashib kelmoqda. Xalqaro gumanitar tashkilotlari ataylab yuzaga keltirilgan ocharchilik mojaro tomonlari tomonidan urush quroli sifatida foydalanilayotganini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni keskin qoralaydi.

"Farzandlarimiz ko‘z o‘ngimizda o‘layapti. Biz nima qilishni bilmaymiz. Ular hech narsada aybdor emas. Ularning armiya yoki tezkor harakat qo‘shinlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Qanday qiynalayotganimizni tasavvur ham qilolmaysiz", deydi shaharliklardan biri.