Zidan "Real" bosh murabbiyi lavozimidan voz kechadi
- 28.05.2021 12:13
- 81
- Sport

Zinedin Zidan Ispaniyaning "Real" jamoasi bosh murabbiyligini tark etadi.
«Madrid» jamoasi matbuot xizmati fransuz bunday qarorni o‘zi qabul qilganini aytib, Zidanni "Real"ning «afsonaviy buyuk»laridan biri deb atadi.
Zinedin Zidan ikki marotaba "Qirollik klubi" murabbiyi bo‘ldi, bu lavozimga birinchi marta 2016 yilda tayinlangan. O‘sha davrda jamoa chempionlar ligasida uch marta g‘olib chiqqani hamda ikki marta Ispaniya chempioni bo‘lgani bilan klublar tarixidagi eng uzoq g‘oliblik rekordini o‘rnatgan.
2019 yildagi ikkinchi urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. O‘tgan mavsumda Zidan boshchiligidagi "Real" Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, jamoa mamlakat kubogida 1/32 finalda chetlatildi, chempionlar ligasida yarim finalda Angliyaning "Chelsi"siga umumiy hisobda yutqazdi.
«Qirollik klubi» 11 yil ichida birinchi marta bironta sovrin yutmadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo