1 so‘mga davlat mulki ob’yektini sotib oling va faoliyat yuriting!
Farmonga muvofiq, endilikda, avvalgi hukumat qarorlariga asosan savdolarga chiqarilgan davlat mulki ob’yektlari:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari) tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk ob’yektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda – 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda;
- boshqa ko‘chmas mulk ob’yektlari bo‘yicha – qayta baholatmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga respublikamizning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2859 ta bo‘sh yer uchastkalari, 668 mlrd. 207 mln. so‘m investitsiya kiritish, 9920 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 5 mlrd. 93 mln. 800 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilgan.
Bugungi kunga qadar "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 672 ta bo‘sh yer uchastkalari 239 mlrd. 264 mln. so‘m investitsiya kiritish, 3497 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 6mlrd. 972 mln. 200 ming. so‘mga sotildi.
Hozirda "E-IJRO AUKSION" elektron onlayn-auksion savdolarida 2187 ta bo‘sh yer uchastkalari 3 mlrd. 807 mln. 400 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan.
Quyida “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolariga 1 so‘m narxda qo‘yilgan davlat mulki ob’yektlarining ayrimlari bilan tanishasiz.
Sizning tanlovdagi ishtirokingiz va bu orqali sotib olgan yer uchastka yoki bo‘sh turgan davlat ob’yektlaringiz albatta faoliyatiningizni yanada rivojlanishiga, qolaversa xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi.
Shunday ekan fursatni qo‘ldan boy bermang!