1 yanvardan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatildi

O‘zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tugatiladi, jamg‘arma hisobidan ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hamda jamg‘armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi.

Belgilanishicha, 2021 yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi.