Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida mega-tanlov davom etmoqda, ertaga tuman bosqichlari boshlanadi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” mavzusidagi tanlovni e’lon qilgan.

Tanlov joriy yilning 20 noyabridan – 20 dekabriga qadar to‘rt bosqichda (maktab, tuman(shahar), viloyat va respublika) amalga oshiriladi.

Tanlovni o‘tkazish tartibi:
✅ maktab bosqichida “Yangi O‘zbekiston mening nigohimda” mavzusida esse yozish;
✅ tuman (shahar) bosqichida “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida insho yozish;
✅ viloyat va respublika bosqichlarida “Mening Prezidentim” mavzusida taqdimot tayyorlash va uni 15 daqiqa davomida hakamlar hay’atiga taqdim etish.
✅ Tanlovning respublika bosqichi 21-25 dekabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga 2022-2023 yoki 2023-2024-o‘quv yilida respublikadagi OTMlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, to‘lov-shartnoma asosida talabalikka qabul qilingan taqdirda, ularning mos ravishda:
1-o‘rin sohibiga 3 yillik, 2-o‘rin sohibiga 2 yillik, 3-o‘rin sohibiga 1 yillik to‘lov-shartnoma pullarini to‘lab berish yoki grant asosida talabalikka qabul qilinsa, mazkur mablag‘lar miqdorida mukofot pullariga ega bo‘ladilar.

Tanlovning respublika bosqichida 1-,2-,3-o‘rinni egallagan g‘olib o‘quvchilarning ustozlari mos ravishda 30 million, 20 million, va 10 million so‘m pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari (1-, 2-, 3-o‘rin) ta’lim olayotgan maktablari direktorlariga bittadan noutbuk topshiriladi.